Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatdan tashvishlanayotgan Rahmon Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Bugun, 12 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda Ozarboyjon Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlari tojik-ozarbayjon munosabatlarining dolzarb jihatlari, ayniqsa tomonlarning savdo-iqtisodiy aloqalarini muhokama qilib, so‘nggi yillarda ularning rivojlanishining ijobiy dinamikasini alohida ta’kidlagan.

Tomonlar Afg‘onistondagi mavjud harbiy-siyosiy vaziyatga alohida e’tibor qaratgan.

Shu munosabat bilan, Imomali Rahmon Ozarbayjon Prezidentiga Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh viloyatlarida vujudga kelayotgan xavotirli vaziyat to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, MDHning janubiy chegaralarida vaziyatning keskin avj olishidan jiddiy tashvish bildirgan.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Ozarbayjon Respublikasi Prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilgan. Ozarbayjon Prezidenti taklifni minnatdorchilik bilan qabul qilgan.

Tashrif sanalari diplomatik kanallar orqali muvofiqlashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing