ADUdagi majlisga kelib, 4-qavatdan tushib ketgan ayol vafot etdi
3-sahifa
−
11 dekabr 2021
10520Avvalroq, Andijon davlat universitetiga ota-onalar majlisida ishtirok etish uchun kelgan ayol universitetning to‘rtinchi qavatidan tushib ketganligi haqida xabar bergan edik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali reanimatsiya bo‘limi shifokorining QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha ayol kecha, 10 dekabr kuni vafot etgan.
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 4 dekabr kuni soat 14:00 atrofida Andijon davlat universitetining 1000 o‘rinli binosining 4-qavatidan ayol kishi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.
Holat quyidagicha sodir bo‘lgan. 4 dekabr kuni ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ota-onalari uchun majlis o‘tkazilgan. Majlis universitetning 1000 o‘rinli binosi 4-qavatida joylashgan kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan. Unda ishtirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yig‘ilish bo‘layotgan vaqtda telefon bo‘lib qolgani sababli yig‘ilishdan chiqib, telefonda suhbatlashgan.
Ayni shu qavatda binoning zinalarini yangisiga almashtirish uchun eskisi olib tashlanib, yangisini o‘rnatish ishlari ketayotgan bo‘lgan. Ayol telefonda suhbatlashish jarayonida qurilish bo‘layotgan hududni anglatuvchi belgi va to‘suvchi tasmalarga ahamiyat bermasdan zinapoya tomonga yurgan va e’tiborsizlik natijasida tushib ketgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayol og‘ir tan jarohatlari oqibatida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, kecha 10 dekabr kuni soat 3:00 larda vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, universitet binosida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan “S.Haus” MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
LiveBarchasi