“Adolatli javob”. Ukraina Rossiyani dronlarga “ko‘mib tashladi”

Olam

image

Ukraina kecha, 17 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning Moskva shahri va Moskva viloyatiga yirik dron hujumini amalga oshirdi. Bu haqda viloyat meri Andrey Vorobyov xabar berdi.

Uning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, yana 17 kishi jarohat olgan. Keyinroq Hindistonning Moskvadagi elchixonasi qurbonlar orasida Hindiston fuqarosi ham borligini bildirgan.

Hujum ortidan Ximki, Krasnogorsk, Dedovsk, Naro-Fominsk okrugi, Sergiyev Posad hamda Zelenograddagi turar joy binolariga zarar yetgan.

Sheremetevo xalqaro aeroportida 200 dan ortiq reys bekor qilingan yoki kechiktirilgan.
Shuningdek, ikki neft sanoati ob’ekti ham hujumga uchragan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bir sutka ichida 1054 ta ukrain droni va sakkizta boshqariladigan aviabomba urib tushirilgan. Ulardan 556 tasi 16 may kechqurundan 17 may tongigacha yo‘q qilingan bo‘lib, bu urush boshlanganidan beri eng ommaviy dron hujumlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mazkur hujumni terrorchilik akti deb atagan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa tungi hujumni Rossiyaning Ukrainaga, jumladan 14 may kuni Kiyevdagi to‘qqiz qavatli uyga berilgan raketa zarbasiga “adolatli javob” deb atagan. O‘shanda 24 kishi halok bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 16 mayga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Stavropol o‘lkasiga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing