“Adolat” SDP: “Sardoba sari saxovat karvoni” xayriya aksiyasiga barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz
Biznes
−
05 may 2020
6875“Sardoba” suv ombori talofatlarini bartaraf etishda faol fuqarolarimiz tomonidan ko‘rsatiladigan har qanday yordamning ahamiyati juda yuqori. Chunki bunga ehtiyojmandlar ayni paytda har qachongidan bisyor.
Shu maqsadda “Adolat” SDP tomonidan “Sardoba sari saxovat karvoni” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Eng og‘ir damlarda Sirdaryo aholisini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutgan aksiyada ko‘ngilli yurtdoshlarimiz hamda barcha turdagi mulkchilik tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.
Fuqarolarimizga qulaylik tug‘dirish uchun xayriya yig‘imlari ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi.
1. Plastik kartaga Click va Payme xizmatlari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish.
Plastik raqami:
Jismoniy shaxslar uchun 8600 0204 2852 2937
Yuridik shaxslar uchun 8600 0204 2852 2937
Toshkent sh. TIF Milliy bank bosh amaliyot b.
Tranzit hisob raqam 23120000300000407003
INN 200984194
MFO 00407
2. O‘z xonadonlaringizdagi ortiqcha ro‘zg‘or buyumlari va kiyim-kechaklarni topshirish.
Buyum shaklidagi xayriyalar “Adolat” SDP Markaziy apparati binosida har kuni istalgan vaqtda qabul qilinadi.
Manzil: Chilonzor tumani, Sharq tonggi ko‘chasi, 23 uy.
Mo‘ljal: Uztelekom va Ozarbayjon elchixonasi binolari.
Xayriyalar talofat ko‘rgan tumanlar aholisini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, zaruriy uy-ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga ko‘maklashish uchun ishlatiladi.
Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar va shakllantirilgan karvon yo‘nalishi telegramdagi maxsus tashkil etilgan Sardoba sari saxovat karvoni guruhi hamda partiyaning rasmiy sayti (adolat.uz) ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib boriladi.
Kuni kecha xayriya karvoni Sardoba sari o‘zining ilk safarini boshladi. Unda sirdaryoliklarga bir yarim mingdan ortiq kiyim-kechaklar, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi va partiya xodimlari tomonidan 20 dan ortiq uy-ro‘zg‘or buyumlari, idish-tovoqlar va bolajonlar uchun o‘yinchoqlar hamda tun-u kun tinimsiz faoliyat olib borayotgan shtab a’zolari uchun mingga yaqin bloknot va ruchkalardan iborat jami 55 million so‘mlik mahsulotlar yetkazildi.
Mazkur saxovat karvonidagi omonatlar shu kunning o‘zida Yangiyer shahridagi ta’lim muasssalari binosiga vaqtinchalik joylashtirilgan 2500 nafar sardobaliklarga tarqatildi.
“Sardoba sari saxovat karvoni” xayriya aksiyasi davom etmoqda.
Muqaddas oyda savobli ishga siz ham o‘z xissangizni qo‘shing va ofatdan jabr ko‘rgan vatandoshlarimizdan o‘z yordamingizni ayamang.
Aksiya koordinatorlari: Baxrom Burxanitdinov va Gulniso Saidova
Ma’lumot uchun telefonlar:
+99897 455 01 54
+99894 606 79 01
“Adolat” SDP
Matbuot xizmati
LiveBarchasi