“Adolat” SDP Prezidentlik uchun nomzodini e’lon qildi
Jamiyat
−
05 avgust 2021
13154Bugun, 5 avgust kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi Plenumi o‘z ishini boshladi.
Plenumda O‘zbekiston Prezidenti saylovida “Adolat” SDPdan kimning nomzodi ko‘rsatilish masalasi ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentlik saylovida “Adolat” SDP tomonidan partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Bahrom Abduhalimov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha vitse-prezidenti (2017 yildan hozirgi vaqtgacha). Tarix fanlari doktori. Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.
U 1959-yil 27 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1981 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ni tamomlagan. O‘zR FA Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
Bahrom Abduhalimov 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan 2 ta monografiya muallifi. Bugungacha u 1 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.
Avvalroq, Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Oblomurodov Narzullo Naimovich nomzodi ma’qullangan edi.
LiveBarchasi