Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, adliya vazirining sobiq o‘rinbosarlari Aktam Muhammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifalaridan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Sherzod Rabiyev shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U 1984 yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing