Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Alisher Nishonovich Karimov Prezident qaroriga muvofiq, adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Hozirgi vaqtga qadar u Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Alisher Karimov 1978 yilda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing