Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning koronavirusga qarshi emlangani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan vaksinalardan birining ilk dozasi bilan emlangan. Hozirda ikkinchi doza bilan emlanishni kutmoqda. Bu haqdagi ma’lumotni vazirlik axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva tasdiqladi

“Vazir yurtdoshlarimizni koronavirusga qarshi emlashda faol ishtirok etishga chaqirib qoladi”, deydi u.

O‘zbekistonda ko‘plab yuqori martabali amaldorlar koronavirusga qarshi emlanmoqda va shu orqali ular jamoatchilikni ham emlanishga jalb qilyapti. Shu vaqtga qadar, Bosh vazir Abdulla Aripov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev va boshqalarning vaksina olgani haqida xabar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda “Sputnik V”, AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001 va Moderna vaksinalari ro‘yxatdan o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing