Adesanya Hamzat va Usmon jangini tasdiqladi

Sport

image

Yangi zelandiyalik o‘rta vazn toifasidagi UFC chempioni Israel Adesanya shvetsiyalik Hamzat Chimayev va negeriyalik sobiq chempion Kamaru Usmon jangi tashkil etilishini aytdi. U bu haqda amerikalik taniqli bloger Logan Pol bilan bo‘lgan intervyuda ma’lum qildi.

“Ishoning, men bu sayyorada hech kimdan qo‘rqmayman. Kurashchilar bilan avval ham uchrashganman, lekin Hamzat Chimayev betakror inson. Men qiyinchiliklarni yaxshi ko‘raman, bu katta kurash bo‘ladi. Ammo hozir u Kamaru Usmon bilan jang qiladi, bu esa Hamzatga chempionlik sari yo‘l ochib beradi. Men kattaroq baliqni ko‘zlaganman. Iyul oyida UFC 290 turnirida oktagonga chiqaman va u yerda Robert Uittaker bilan emas, Drikus Dyu Plessi bilan jang qilaman”, deydi Adesanya. 

Adesanyaning Drikus Dyu Plessi bilan jang xohlayotgani sababi, ijtimoiy tarmoqdagi tresh tokinglar davomida Du Plesis uni “Sen afrikalik emassan” deb mazah qilgan. 

Ma’lumot uchun, Israel Adesanya 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan UFC 287 turnirida braziliyalik Aleks Pereyrani ikkinchi raundda nokautga uchratib, revansh maqomidagi jangda eski chempionlik kamarini qaytarib olgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made