Adashgan Yulduz Usmonova Suriyadan Sirdaryoga qaytarildi

Jamiyat

image

“Mehr-3” dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirilib, diniy ekstremistik g‘oyalarga ishonib to‘g‘ri yo‘lidan adashgan fuqarolar orasida Suriya davlatidan O‘zbekistonga qaytarilgan sirdaryolik Yulduz Usmonova ota-onasi bag‘riga qaytarildi.

1990 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan Yulduz Asqarovna Usmonova 2011 yil tumush o‘rtog‘i ortidan Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun jo‘nab ketadi. U yerda xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g‘oyalari ta’siriga tushib qolib, 2012 yilning sentyabr oyida 3 nafar farzandi bilan avval Eron Islom Respublikasiga, keyin Pokistonga va shundan so‘ng Suriya davlatiga jo‘natiladi. 

Suriyaning Shadodiy aholi punktida yashab yurgan paytida unga turmush o‘rtog‘i qurolli to‘qnashuvda o‘lganini aytishadi. 

“Islom davlati” xalqaro terroristik tashkiloti jangarisi, asli O‘zbekistonlik boshqa bir davlat xoini bo‘lgan shaxsga turmushga chiqadi. 2015  va 2016 yillarda yana 2 nafar farzandi dunyoga keladi. 2020 yilning mart oyida u shar’iy nikohida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i ham harbiy to‘qnashuvlar chog‘ida halok bo‘ladi. 

Turli yot g‘oyalarga uchib, hayotning notekis yo‘llarida adashib, o‘zga yurtlarda qiyin ahvolga tushib qolgan 98 nafar o‘zbekistonlik qatorida Yulduz Usmonova ham voyaga yetmagan 5 nafar farzandi bilan 2020 yilning 8 dekabr kuni Suriya davlatidan olib kelindi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida 2020 yilning 8 dekabr kuni “Mehr-3” operatsiyasi orqali 98 nafar o‘zbekistonlik ayollar va bolalar Vatanga qaytarilgandi. Ularning 25 nafari ayol va 73 nafari bolalardan iborat edi. 

Shuningdek, qaytarilganlar orasida 4 nafar samarqandlik ham bor bo‘lgani va ular Samarqandagi uylariga qaytarilgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing