Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 82 yoshli fransuz yozuvchisiga berildi
Olam
−
06 Oktabr 2022
53262022 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti fransuz yozuvchisi Anni Ernoga berildi. Bu haqda bugun, 6 oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Erno mukofotni begonalashuvning kelib chiqishi va shaxsiy xotiraning jamoaviy cheklovlarini ochib bergan jasorati va klinik aniqligi uchun olgan.
“Ernoning barcha kitoblari avtobiografikdir. Hammasi uning shaxsiy, doimo og‘riqli va hatto travmatik tajribasini tasvirlaydi. Bu matnlar terapevtik xatlarning bir turi bo‘lib, ular yordamida Erno voqealarda yashaydi, tajribani o‘zlashtiradi, og‘riqni chiqaradi”, deydi Ernoning “Voqea” va “Ayol” kitoblarini tarjima qilgan Mariya Krasovitskaya.
Mukofot favoritlari orasida fransuz Mishel Uelbek va asli Hindistondan bo‘lgan britaniyalik Salmon Rushdi ham bor edi.
Ma’lumot uchun, Anni Erno 1940 yil 1 sentyabrda Lillebonna shahrida tug‘ilgan. U birinchi romani "Les Armoires vides" (Bo‘sh shkaflar) 1974 yilda nashr etilgan. Arnoning eng mashhur asarlari qatoriga “Hodisa”, “Ayol”, “Oddiy ehtiros”, “Hokimiyatda”, “Yillar”, “Boburdagi ziyofat” va “Hayotdagi o‘rin” kitoblari kiradi.
Eslatib o‘tamiz, kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik Karolin Bertotssi, daniyalik Morten Meldal va amerikalik Barri Sharplessga berildi. 4 oktyabr kuni fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga berildi. 3 oktyabr kuni esa fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti shved biologi Svante Peaboga topshirildi.
LiveBarchasi