“Achchiq savollardan qo‘rqmaymiz”. Qurilish vazirligi QALAMPIR.UZ'ning AOKAga kiritilmaganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 9 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumaniga QALAMPIR.UZ jurnalistining kiritilmasligi bo‘yicha munosabat bildirdi.

Vazirlik AOKA bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu anjumanda ishtirok etish uchun jurnalistlar ro‘yxati vazirlik tomonidan shakllantirilmaganini bildirar ekan, binoga jurnalistlarni kiritish yoxud kiritmaslik ham vazirlik vakolatidagi vazifa emasligini ochiqlagan.

Xabar berganimizdek, kuni kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining navbatdagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

“Mazkur tadbir o‘tkazilishi bo‘yicha e’lon joriy yilning 8 avgust kuni vazirlikning rasmiy kanallarida berilgan bo‘lib, unda barcha OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik faollari taklif qilingan”, deya ma’lum qilgan.

Shuningdek, anjumanda 10 dan ziyod OAV vakillari ishtirok etib, ularning aksariyati o‘zlarining savollariga mas’ullardan  javob olishga muvaffaq bo‘lgani aytilgan.

“Ta’kidlash kerakki, matbuot anjumani tanqidiy masalalar tahlili  va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Shu bois vazirlik “achchiq savollardan qo‘rqdimi”, deya ta’kidlangan fikrni asossiz deb hisoblaymiz. Vazirlik mas’ullari hamisha jurnalistlar, blogerlar hamda keng jamoatchilik  uchun ochiq bo‘lishga intiladi va o‘zaro hamkorlikni yuksak qadrlaydi”, degan vazirlik axborot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabr kuni “AOKA matbuot erkinligini bo‘g‘ishga bosh-qosh…mi?” sarlavhasi ostida videomaterial e’lon qilib, unda agentlikning jurnalistlar ro‘yxatidan tahririyat nomining tushib qolishi va buning ortidan matbuot anjumanlariga kiritilmayotgani tanqid ostiga olingan edi.

Ammo AOKA mazkur holat bo‘yicha hali o‘z munosabatini bildirgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

#qurilish vazirligi #AOKA #matbuot anjumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar