“Abu Saxiy” bozori yonida avtobusda yong‘in chiqdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 26 yanvar kuni ertalab soat 8:15 larda “Abu Saxiy” savdo majmuasi yonida yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda bozor Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in Toshkent halqa yo‘lida katnovchi 147-sonli Chorsu-Chilonzor buyum bozori yo‘nalishidagi  avtobusning motor qismida qiska tutashuv bo‘lgani oqibatida kelib chiqqan.

“Abu Saxiy” savdo markazi yong‘in xavfsizligi, Ichki ishlar va xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan yong‘inni bartaraf qilishgan.

Yong‘in natijasida fuqarolar va yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing