Abu-Dabida kitlar sig‘adigan ulkan akvarium qurilmoqda

Bu qiziq

image

2023 yilda Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida sig‘imi 68000 dengiz jonivoriga mo‘ljallangan katta akvarium quriladi. Bu haqda “The B1M” sayti xabar berdi.

Uning hajmi 58 million litr suvni tashkil qilishi natijasida dunyodagi eng katta akvarium bo‘lishi kutilmoqda. U 23 ta olimpiya basseyni hajmiga teng bo‘ladi.

Abu-Dabi shahriga yondosh Yas oroli bo‘yida joylashgan sun’iy marjonlar va qoya toshlar bilan qoplangan megaakvariumning umumiy maydoni 183 ming kvadrat metrni tashil qiladi.

E’tiborlisi akvariumga bir qancha kichik kitlar bemalol sig‘a oladi, ammo yopiq suv havzasida kitlarning bo‘lish-bo‘lmasligi hali aniq emas.

Inshootning asosiy zalida balandligi 20 metrdan iborat bo‘lgan vertikal oyna orqali baliqlar, akulalar, dengiz toshbaqalari, sudraluvchilar hatto mikroamfibiyalarni ham tomosha qilish mumkin.

Akvariumning ichki muhiti quyosh nurlaridan himoya qilinadi. Bunga asosiy sabab suvda baliqlarga zarar beradigan bakteriyalarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Inshootni qurishda katta suv bosimini saqlash maqsadida shishadan emas, balki shaffof akrildan foydalaniladi. Akvariumni suv bilan to‘ldirish uchun Yas oroli tanlab olingan.

Ma’lumot uchun, dunyodagi eng katta akvariumlardan AQSHdagi “Shedd” akvariumi 19 million litr, Xitoydagi “Chimelong” akvariumi 49 million litr suv sig‘imiga ega.

Hozircha BAA yangi akvarium loyihasi haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni sir saqlamoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing