Abramovich “Chelsi”ga xaridor bo‘lgan milliarderlar taklifini rad etdi
Sport
−
09 mart 2022
6403Tarkibiga milliarderlar Xansyorg Biss (Shveysariya) va Todd Boeli (AQSH) kiradigan konsorsium kecha, 8 mart kuni Londonning “Chelsi” klubini sotib olish borasida rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.
“Chelsi” klubiga egalik qiluvchi rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich konsorsiumining taklifini rad etgan. Chunki, shveysariyalik va amerikalik milliarderlar yuborgan narx Abramovichni umuman qanoatlantirmagan. Rus milliarderi London klubini 4 milliard funtdan kamiga sotmoqchi emas.
Oldinroq, Roman Abramovich “Chelsi”ni sotmoqchi ekanligi haqida xabar bedrgan edik. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan rossiyalik tadbirkorning o‘zi klubni sotishi haqidagi qarorini keng jamoatchilikka e’lon qildi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi