Abramovich “Chelsi”dan tushgan pullarni musodara qilishga qarshi chiqmoqda
Sport
−
12:05 1105 1 daqiqa
Rossiyalik milliarder Roman Abramovichning advokatlari Buyuk Britaniya hukumatiga “Chelsi”ning 2022 yildagi savdosidan tushgan mablag‘lar to‘liqligicha tadbirkorga tegishli ekanini ma’lum qildi. Abramovich esa ushbu mablag‘larni musodara qilishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi sud orqali kurashishga tayyorligini bildirdi.
Nashrga ko‘ra, hozirda 2,35 milliard funt sterling (taxminan 2,7 milliard yevro) miqdoridagi mablag‘ Buyuk Britaniya bank hisob raqamlarida muzlatilgan holatda qolmoqda. Ushbu pullar Abramovichga tegishli kompaniya hisobida bo‘lib, ularni Ukrainaga yordam sifatida yo‘naltirish masalasida hukumat va biznesmen o‘rtasida uzoq vaqtdan beri kelishmovchiliklar davom etmoqda.
So‘nggi moliyaviy hisobotlarga ko‘ra, umumiy mablag‘ning 1,4 milliard funt sterlingi Abramovichning klubga egalik qilgan davrida bergan qarz (kredit) mablag‘laridir. Shu sababli, mablag‘ning hammasi xayriya ishlariga sarflanishi so‘roq ostida qolmoqda. 1,4 milliard funt sterling miqdoridagi ushbu kredit mablag‘lari manbasi bo‘yicha Jersi shtatida jinoiy tergov harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tergov va sud jarayonlari yakunlanmaguncha, ushbu mablag‘larni biron bir xayriya tashkilotiga o‘tkazish huquqiy jihatdan imkonsizdir. Bu esa “Chelsi” savdosidan tushgan pullarning taqdiri yana noma’lum muddatga kechikishini anglatadi.
Live
Barchasi