Abramov Qosimovdan ustun keldi

Sport

image

O‘zbekiston Superligasining 5-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Olmaliq shahrida “AGMK” jamoasi Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qildi.

Yomg‘irli ob-havo bo‘lishiga qaramasdan, tomonlar maydonda g‘alaba uchun keskin kurash olib bordilar. Ammo Vadim Abramov boshchiligidagi toshkentliklar Lutfulla To‘rayevning yagona goli evaziga g‘alabani tantana qilishdi. E’tiborlisi, bu g‘alaba “Bunyodkor” uchun joriy mavsumdagi qatorisiga uchinchi g‘alabaga aylandi.

Hozirda Abramov shogirdlari 9 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining uchinchi o‘rinida bormoqda. Mirjalol Qosimov jamoasi “AGMK” esa, 4 ochko bilan 12-pog‘onaga joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Bunyodkor

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing