Abort konstitutsiyaviy kafolatlangan huquqlar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi

Olam

image

AQSH Oliy sudi 1973 yilda konstitutsiyaviy kafolatlangan abort huquqini o‘rnatgan “Rou Ueydga qarshi” ishini bekor qildi. 

Oliy sudning to‘qqiz nafar a’zosidan olti nafari abort qilish huquqini kafolatlangan ro‘yxatdan olib tashlash uchun ovoz berdi. 

Shu bilan birga, Oliy sud abortga ruxsat berish masalasini shtatlarning ixtiyoriga qoldirdi. 

Sudning konservativ sudyasi Samuel Alito fikriga ko‘ra, “Rou Ueydga qarshi” qarori "aniq xato" bo‘lib, uni bekor qilish kerak edi. 

Sud qarorida aytilishicha, “Rou Ueydga qarshi” ishi bo‘yicha hukm “o‘ta zaif asosga ega” va “zararli ijtimoiy oqibatlarga olib keladi”. 

Qaror matnida “abort qilish huquqi tarixiy ildizlardan xoli va mamlakat an’analariga hech qanday aloqasi yo‘qligi” qayd etilgan. 

Bir necha oy davomida Amerikaning ko‘plab shaharlarida mamlakat oliy sudining homiladorlikni to‘xtatish huquqini bekor qilish rejalariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, “Rou Ueydga qarshi” – AQSH Oliy sudining abortning qonuniyligi to‘g‘risidagi muhim qarori. Bu Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng siyosiy ahamiyatga ega qarorlardan biridir. 

Sud qaroriga ko‘ra, ayol homila hayotga layoqatli bo‘lgunga qadar homiladorlikni o‘z xohishiga ko‘ra tugatish huquqiga ega. Ushbu qaror kontekstida yashovchanlik avtonomiyani, "onaning tanasidan tashqarida, shu jumladan tibbiy yordam bilan mavjud bo‘lish qobiliyatini" anglatadi.  Avtonomiyaga erishishning taxminiy vaqti 7 oy (28 hafta) ammo, chegarani 24 haftaga tushirish mumkin. Homiladorlikning keyingi bosqichlarida faqat homilaning saqlanishi ona uchun xavf tug‘dirsa, abort qilish mumkin. Bu qoida “Doye Boltonga qarshi” ishidagi qaror bilan o‘rnatildi. Qaror, o‘n to‘rtinchi tuzatishning tegishli jarayon bandidan kelib chiqadigan shaxsiy daxlsizlik huquqiga asoslangan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQsh Abort

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar