Abituriyentlardan qariyb 900 mln ortiqcha to‘lov undirilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2019-2020 o‘quv yili qabuli test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bergan abituriyentlardan 900 mln so‘mga yaqin ortiqcha mablag‘ undirilgan. Bu haqda kecha, 25 may kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida aytib o‘tildi. 

Ayrim byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar masalasi ham ko‘rilgan majlisda OTMga kirish uchun abituriyentlardan pul undirilishiga ham to‘xtalib o‘tildi.

2018-2020 yillarda test sinovlari shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash uchun jamg‘arma hisobidan 93,3 mlrd so‘m ajratilgan. Shunga qaramay 2019-2020 o‘quv yili qabuli test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bergan abituriyentlardan 896,4 mln so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan, 30 mlrd so‘m mablag‘ tijorat banklari depozitlariga elektron saralash tizimisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan kelishuv asosida o‘tkazib yuborilgan.

Shuningdek,”Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilmasdan 11,2 mlrd so‘mlik xaridlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan buyon oliy ta’lim muassasalarining bakalavriyat bosqichiga qabul uchun takroran ariza topshirayotgan talabalar (umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini test imtixonlari bo‘lib o‘tadigan yilda bitirgan abituriyentlardan tashqari) uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarida to‘lanishi belgilangan.

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing