Abituriyentlar 1 000 dan ortiq qalbaki sertifikat topshirgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2022-2023 o‘quv yili uchun onlayn ro‘yxatga olish jarayonida abituriyentlar tomonidan 955 ta xorijiy tilni bilish bo‘yicha talabga javob bermaydigan sertifikat taqdim etilgan. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi. 

Joriy yilgi abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayonida abituriyentlar tomonidan 29 mingdan ziyod chet tili sertifikati tizimga yuklangan. 

Sertifikatlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan tekshirilganda 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi aniqlangan (ularning aksariyati chet tili sertifikati emas).

Shuningdek, 56 ta sertifikat qalbaki ekanligi aniqlanib, bu bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlangan holda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Qalbakilashtirilgan sertifikatlarning 44 tasi IELTS, 9 tasi milliy, 2 tasi HSK, 1 tasi TOEFL iBT sertifikatidir.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni 28 116 tani tashkil etgan. Bu 2021 yilga nisbatan 17 468 taga yoki 2,6 barobarga ko‘p (2021 yilda 10 648 ta) ekanligini ko‘rsatadi.

Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyul kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

644

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing