Abituriyent ruxsatnomasini olish yanada osonlashdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, 22 avgustdan boshlab abituriyentlarga test sinovlariga kirishi uchun ruxsatnomalar berilishi boshlangandi. Lekin telefon raqami yo‘qolganlar, telefon raqami ishdan chiqqanligi yoki shaxsiy kabinetga kirish parolini unutib qo‘ygan abituriyentlar haligacha o‘z ruxsatnomasini ololgani yo‘q. Davlat test markazi ushbu masalaga yechim topdi. 

Markaz shunday holatlarni inobatga olib abitur.dtm.uz sayti orqali “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratdi. Endi test topshiruvchi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol shart emas.

Bunda “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:

•   pasport seriyasi;

•   pasport raqami;

•  jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR).

Hali ruxsatnomasini ololmagan abituriyentlar quyidagi havola orqali o‘z ruxsatnomalarini olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda imtihonlar 2 sentyabardan boshlanadi va ochiq stadionlarda o‘tkaziladi. Test sinovlari ikki hafta davom etishi rejalashtirilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing