Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 22 avgust sanasidan boshlab abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlangan.

Davlat test markazining ma’lum qilishicha, ba’zi abituriyentlar ushbu ruxsatnomani olishmaydi. Markaz bu bo‘yicha izoh berdi.

Mazkur ruxsatnoma kimlarga berilmaydi:

•  Test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga (ular o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari kerak);

•  Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga;

•  Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin keyinchalik tizimdan akkauntini o‘chirgan abituriyentlarga;

•  Tegishli tartibda ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport ma’lumotlarini kiritgan, lekin ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan);

•  Test sinovlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari).

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.Bu yilgi abituriyentlarni barmoq izlari orqali tekshirib test jarayoniga qo‘yiladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Abiturient Ruxsatnoma

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar