Abdusattorov JCHdan qancha daromad qilishi mumkin?

Sport

image

Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik 18 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Islandiya poytaxti Reykyavikda o‘tayotgan “World Fischer Random Chess Championship” turnirida yarim finalga chiqdi. Guruh bosqichida 10 ochko to‘plagan Abdusattorov, final bosqichi yo‘llanmasi uchun amerikalik Hikaru Nakamura bilan 4 partiya kuch sinashadi. Nakamura "B" guruhida 2-o‘rinni egallab yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi 400 ming dollarni tashkil etadi. 

Turnir sovrindorlari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 150 ming AQSH dollari;
2-o‘rin: 85 ming AQSH dollari;
3-o‘rin: 55 ming AQSH dollari;
4-o‘rin: 40 ming AQSH dollari.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 29 oktyabr kuni Jahon chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

659

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing