Abdusattorov jahonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi bilan durang o‘ynadi

Sport

image

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2023” turnirining 10-tur bahslari start oldi.

10-turda jahonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi xitoylik Din Lijenga qarshi oq donalarda bahsga kirishgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov durangga imzo chekdi. O‘nta turdan so‘ng O‘zbekiston vakili 7 ochko to‘plab hamon nufuzli turnirda peshqadamlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Abudusattorov keyingi turda musobaqadagi asosiy ta’qibchisi Anish Giri bilan bahs olib boradi. Giridan tashqari Abdusattorovni AQSH vakili Uesli So va mezbonlar vakili Van Forestga qarshi bahslar kutib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov kecha, 24 yanvar kuni ham “Tata Steel Chess 2023”ning 9-raund bahslarida germaniyalik shaxmatchi Vinsent Keymerga qarshi dona surib, durangga imzo chekkan edi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing