Abdusattorov va Karlsen yana to‘qnash keldi

Sport

image

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha “Freestyle Chess Grand Slam” turnirida chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etayotgan 2 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov bu bosqichda turli natijalar qayd etdi.

Azaliy raqibi, norvegiyalik shaxmat tojdori Magnus Karlsen bilan to‘qnash kelgan Nodirbek Abdusattorov qora donalarda raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Musobaqani juda yuqori notada o‘tkazayotgan Javohir Sindorov esa amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi oq donalarda o‘ynab durangga imzo chekdi.

Amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaraju esa oq donalarda amerikalik Fabiano Karuanaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Bugun, 10 fevral kuni chorak finalning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Sindorov Nakamura bilan kamida durang o‘ynab, bahsni tay-brekka o‘tkazishi yoki g‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin. Abdusattorovni esa g‘alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen Hikaru Nakamura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing