Abdusattorov va Karlsen yana bir turnir finalida to‘qnash keladi
Sport
−
12 iyul 2023 5873 1 daqiqa
Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkazilayotgan “The Aimchess Rapid-2023” turnirining finalchilari ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, kecha, 11 iyul kuni musobaqaning 1/2 final uchrashuvida AQSH sharafini himoya qilib kelayotgan Levon Aronyan (2743) bilan kuch sinashib, 2,5:0,5 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2703) ilk finalchiga aylandi.
Ikkinchi yarim final juftligida esa norvegiyalik Magnus Karlsen (2829) amerikalik Fabiano Karuano (2752) ustidan 2,5:1,5 hisobida zafar quchdi. Endi bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen o‘zaro bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, mazkur turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 235 ming dollarni tashkil qiladi.
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14