Abdusattorov Shushadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster, yaqindagina Butunjahon shaxmat Olimpiadasidan qatnashib, Toshkentga qaytgan Nodirbek Abdusattrov Ozarboyjonning Shusha shahri mezbonlik Vugar Gashimov xotira turnirida ishtirok etadi. Bu haqda musobaqa rasmiy sahifasi xabar berdi.

10-yubiley musobaqada Abdusattorovdan tashqari Shaxriyor Mamadiyorov, Rauf Mamedov, Aydin Suleymanli (barchasi Ozarbayjon), Vladislav Artemev, Yan Nepomnyashiy (ikkisi ham FIDE), Richard Rapport (Vengriya) va Aravind Chitambaram (Hindiston) ishtirok etadi. Turnir o‘yinlari bugun, 26 sentyabr kuni boshlanib, 30 sentyabrga qadar davom etadi.

Qayd etish joiz, Abdusattorov mazkur turnirning 2022 yildagi g‘olibi hisoblanadi. Musobaqada eng ko‘p norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen zafar quchgan. U jami 4 marta Vugar Gashimov xotira turniri g‘olibi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, turnir har yili ozarbayjonlik afsonaviy shaxmatchi, Yevropa chempioni, xalqaro grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladi. O‘n nafar shaxmatchi ishtirok etadigan turnir rapid va blits formatlarini o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Shusha Nodirbek Abdusattrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing