Abdusattorov nufuzli musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
26 Oktabr 2022
3024Ayni kunlarda Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi qatnashayotgan turnirni O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov g‘alaba bilan boshladi.
Rapid yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik grossmeyster ilk turda rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona surib, g‘alabaga erishdi. 2-turda Abdusattorov amerikalik Uesli Sodan ustun keldi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorovning musobaqadagi keyingi raqibi mezbonlar vakili Steyn Gretarsson bo‘ladi. Guruh bosqichida g‘olib chiqqan shaxmatchilar yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi 400 ming dollarni tashkil etadi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi