Abdusattorov xalqaro turnirda yetakchilikni qo‘lga oldi
Sport
−
18 fevral 2023
7660Ayni kunlarda Germaniyaning Dyusseldorf shahri shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masters” turniriga mezbonlik qilmoqda. 17 fevral kuni musobaqaning 2-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
2-turda rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lubiyatga uchratgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ikki turda bir g‘alaba va durang bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. AQSH vakili Uesley So va hindistonlik Gukesh Domardju mos ravishda keyingi o‘rinlarni band etgan.
Bugun, 18 fevral kuni xalqaro turnirning 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Abdusattorov bu turda amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona suradi.