Abdusattorov xalqaro turnirda polshalik raqibi bilan durang o‘ynadi
Sport
−
24 fevral 2023
5370Germaniyaning Dyusseldorf shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masters” turniri o‘z poyoniga yetib bormoqda. 23 fevral kuni musobaqaning 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Bu turda o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov oq donalarda polshalik Yan Kristof Dudaga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi. 7 ta turdan so‘ng Nodirbek 3 ochko bilan turnir jadvalida 9-pog‘onani band etgan. 9-turda Abdusattorov bilan durang o‘ynagan Kristof Duda esa 10-o‘rinni egallab turibdi.
Musobaqa jadvalining kuchli uchligida o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Hamon AQSH vakili Levon Aronyan chempionlik uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Uning hisobida 4,5 ochko mavjud. Hindistonlik Gukesh Domarju ham yetti turdan so‘ng 4,5 ochkoga ega bo‘ldi. Yana bir amerikalik shaxmatchi Uesli So esa kuchli uchlikni yakunlagan.
Bugun, 24 fevral kuni musobaqaning 8-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasida Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Anish Giriga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da start oladi.