Abdusattorov xalqaro turnirda 20 ming AQSH dollar yutdi
Sport
−
17 fevral
429515 fevral kuni Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turniri yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yakunda 4-o‘rin bilan kifoyalandi.
Yarim finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy bergan Abdusattorov 3-o‘rin uchun bahsda amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surdi. Tomonlar o‘rtasidagi birinchi partiya durang bilan yakun topgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda Aronyanning qo‘li baland keldi.
Finalda esa Magnus Karlsen yana bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana bilan bahs olib borib, g‘alaba qozondi va turnir g‘olibiga aylandi.
Shunday qilib, 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov 4-o‘rinni qo‘lga kiritib, 20 ming AQSH dollari pul mukofotiga ega chiqdi.