Abdusattorov Karlsenga yutqazdi

Sport

image

Kecha, 13 fevral kuni Germaniyada o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining yarim final o‘yinlari start oldi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov finaloldi o‘yinda 16-jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi.

Qora donalarda harakatlangan O‘zbekiston vakili yakunda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ikkinchi yarim finalda amerikalik Levon Aronyan hamyurti Fabiano Karuanadan ustun keldi.

Bugun, 14 fevral kuni yarim finalning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Abdusattorov-Karlsen o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. 

Qayd etish joiz, 19 yoshli Abdusattorov turnirning chorak finalida amaldagi jahon chempioni xitoylik Din Lirendan ustun kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing