Abdusattorov azaliy raqibiga qarshi o‘yin o‘tkazdi
Sport
−
13 iyul 2023
10532Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan “The Aimchess Rapid-2023” onlayn turniri doirasida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2703) va uning azaliy raqibi norvegiyalik Magnus Karlsen (2829) musobaqa finalida o‘zaro bahs olib bordi.
Kecha, 12 iyul kuni start olgan final uchrashuvida Abdusattorov norvegiyalik raqibi Magnus Karlsenga qarshi uch partiya o‘yin o‘tkazdi. Yakunda O‘zbekiston vakili 0,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot uchun, mazkur turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 235 ming dollarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov musobaqa davomida Uesli So va Levon Aronyan kabi raqiblarni mag‘lubiyatga uchratib, finalga qadar yetib kelgandi.
LiveBarchasi