Abdusattorov amerikalik grossmeyster bilan durang o‘ynadi
Sport
−
16 fevral
4483Kecha, 15 fevral kuni Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining hal qiluvchi o‘yinlari boshlandi.
3-o‘rin uchun kurash olib borgan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov amerikalik Levon Aronyan bilan kuch sinashib, yakunda durangga imzo chekdi.
Finalda esa 16-jahon toji egasi norvegiyalik Magnus Karlsen amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi dona surdi. Bahs yakunida tomonlar murosa ko‘chasini tanladi.
Bugun, 16 fevral kuni bahslar nihoyasiga yetadi. Grossmeysterlar 2-partiyalarda g‘olib nomini aniqlab oladi. Agar 2-partiyalarda ham kuchlar teng qolib qolsa, tomonlar tay-brekda kuch sinashadi.