Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi.  Uning vazifalari esa O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov zimmasiga vaqtinchalik yuklandi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 fevral kuni navbatdan tashqari saylov kongressi bo‘lib o‘tadi va o‘sha kuni assotsiatsiyaga yangi rahbar saylanadi.

Ma’lumot uchun, Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 1960 yilning 20 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.  2003-2006 yillarda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi, 2006-2008 yillarda “O‘zbekneftmahsulot” AK bosh direktori, 2008 yilning noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2008 yil dekabrdan 2009 yil dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, shu bilan birga O‘zbekiston futbol federatsiyasining vitse-prezidenti, 2009 yildan 2017 yilgacha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017 yil yanvardan sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentyabrdan 2019 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, 2019 yildan 2024 yilgacha esa DXX raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.  U 2017 yilda general-mayor, 2019 yilda general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlangan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

A'dusalom Azizov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar