Abduraimov profboksda birinchi marta mag‘lub bo‘ldi

Sport

−

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Elnur Abduraimov Meksikaning Tixuana shahri mezbonlik qilgan boks oqshomida ishtirok etdi.

10 raundga mo‘ljallangan jangda Abduraimovaga mezbon bokschi Daniyel Garsiya raqiblik qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Abduraimov 2-raundda qo‘lidan jiddiy jarohat olgan, lekin shunday bo‘lsa ham jangni davom ettirishga qaror qilgan. To‘qnashuvning 8-raundiga kelibgina Abduraimovning murabbiylari bokschi bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. 

Shunday qilib, o‘zbekistonlik bokschi professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Daniyel Garsiya esa faoliyatidagi 15-jangda ham g‘alabaga erishib, IBF North American kamari sohibiga aylandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar