Abdumalik Xalokov ham Olimpiada chempioniga aylandi

Sport

image

Fransiya mezbonligi ostida nihoyalanib borayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida -57 kg vaznda O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori Abdumalik Xalokov finalda qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek uuluga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini mag‘lub etdi. Bu bilan Xalokov Parij Olimpiadasining chempioniga aylandi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bitta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Finaloldi bahsda Xalokov avstraliyalik Charli Senorga hech qanday imkoniyat qoldirmay, oltin medal uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

Birozdan so‘ng Bahodir Jalolov ishtirokidagi boksning final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni hisoblangan Jalolov oltin medal uchun bahsda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Ayyub Gadfaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Xalokovning final uchrashuvidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasining turnirda jamg‘argan medallari soni 11 taga yetdi. 7 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing