Koronavirusga chalingan o‘zbekistonlikka shu hafta oxirida javob berilishi mumkin
Jamiyat
−
16 mart 2020
30554Joriy yilning 14 mart kuni Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi koronavirus yuqtirib olgani, shifoxonaga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, Tegu shahridagi kompaniyalardan birining ikki xodimida koronavirus aniqlangan. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng kompaniya xodimlarining bir qismi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi ham ehtiyot chorasi sifatida karantinga joylashtirildi. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaqinlarini bezovta qilmaslik uchun shaxsini ochiqlamaslikni so‘ragan.
O‘zbekistonlik davolanayotgan tibbiy muassasa bergan ma’lumotga ko‘ra, hafta oxirigacha u yana bir qancha nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shundan so‘ng unga shifoxonadan javob berilishi mumkin.
TIV Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi
(+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60
Zokir Saidov, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi
(+82) 10-7281-7731
Alisher Abdusalomov, Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi
(+82) 10-3213-1972
Erkin Xodjayev, Birinchi kotib
(+82) 10-2674-7798
Akbarjon Turayev, Birinchi kotib
(+82) 10-6659-4504
Xaydar Fayziyev, Konsul, ikkinchi kotib
(+82) 10-6802-1969
Abdumannon Isanov, Attashe
(+82) 10-3213-4505
Ayubxon Abdullayev, “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi
(+82) 10 8718-6850
Alisher Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi
(+82) 10-9910-0057
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr