Abdulla II Samarqandga keldi
Jamiyat
−
25 avgust 7166 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bugun, 25 avgust kuni davlat tashrifi bilan Samarqandga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand shahri aeroportida Iordaniya Podshohini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalashtirilgan. Bugun davlat rahbarlari birgalikda qadimiy Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qiladi.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.