Adliya vazirligi: “Bayram kuni ishlagan xodimlarga 2 barobar oylik to‘lanadi”

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bayram kunlari xodimlarning ishga chaqirilishi qonunchilikda man etilgan. Bayram kunlarida ishlagan xodimlar uchun 2 barobar miqdorda oylik to‘lanishi belgilab qo‘yilgan. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi. 

“Qonunlarga ko‘ra, xodim bayram kunlari ish beruvchi tomonidan ishga jalb qilinishi mumkin emas. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollarda, ya’ni jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi” dedi Sevara O‘rinboyeva.

Vazirlik xodimining so‘zlariga ko‘ra, bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi Mustaqillik bayramida ishchi xodimlar uchun 3 kunlik dam olish kuni belgilangan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing