Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi

Olam

image

Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi saytida xabar berildi. 

“Issiqko‘l” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Baxit Toroboyev kutib olgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 avgust kuni Cho‘lpon-Ota shahrida Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda integratsion loyihalar doirasidagi bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing