Abdulaziz Yusupov: “Prezidentimga maktub”
Jamiyat
−
12 may 2019
33615O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10 may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlik faktlari aniqlanganligi, o‘z xonasidan olib chiqib ketilgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqalgan edi.
Bugun Facebook ijtimoiy tarmog‘ida DXX tomonidan firibgarlikda gumonlanayotgan Said-Abdulaziz Yusupovga oid video paydo bo‘ldi. Videoni uning ukasi Muxammad Bahouddin Yusupov tarmoqqa joylagan.
Unda shunday deyilgan, “Bu videoni akam Said-Abdulaziz Yusupovdan 25.09.2018 da yozib olganmiz. O‘sha vaqtda ham qanaqadir tuhmatlar, ta`ziyqlar ichida edilar va menga bunday holat yana takrorlanishi mumkin degandilar. O‘shanda juda toshib ketdilar. Keyin har ehtimolga qarshi shu videoni yozib oldik. Men akamning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga qilgan bu murojaati juda ko‘p narsalarga oydinlik kiritishiga va akamning tez kunlarda oilamiz bag‘riga qaytishiga ishonaman.”
LiveBarchasi