Abdulaziz Nazirov yoshlar yilida Toshkent yoshlari hayotidagi o‘zgarishlarni sarhisob qildi

Biznes

image

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Abdulaziz Nazirov yoshlar yilida Toshkentda poytaxt yoshlari uchun nima ishlar amalga oshirilib, qanday yangi loyihalar qilingani va yoshlar uchun ochilgan yangi imkoniyatlar haqida sarhisob qildi.

Qayd etilishicha, poytaxtda 18-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 440 156 nafarini tashkil etadi. Shulardan 145 589 nafari rasmiy, 69 026 nafari esa norasmiy band hisoblanadi. Qariyb 40 mingga yaqin yoshlar o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsa, 63 mingdan ortig‘i ta’lim muassasalarida tahsil oladi.

2021 yil boshidagi xatlov va o‘rganishlar natijasida 34 ming 269 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Xususan, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 32 ming 371 nafar yosh daftardan chiqarilgan bo‘lib, 25 825 nafari ishga joylashtirildi hamda 1104 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari, 935 nafar oliy ta’lim muassasa talabalarining to‘lov-kontrakt pullari, 721 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi, 48 nafar yoshlarning davolanish, 376 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomalari xarajatlari to‘lab berildi.

Toshkent shahrida 3 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va 22 ta “Yoshlar mehnat guzari” majmualari foydalanishga topshirilib, ularda 659 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2021 yilda yoshlarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. “Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor” tamoyili asosida 1 nafar tadbirkorga “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tashkil etildi. Hozirda ushbu tamoyil asosida 6 ming 460 nafar yoshlar tadbirkorlarga biriktirildi.

Qayd etish kerakki, so‘nggi besh yilda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 3 barobar ko‘payib, ular soni 17 mingdan oshdi.

Yoshlar yilida Toshkent shahrida amalga oshirilgan barcha ishlar haqida quyidagi havola orqali Abdulaziz Nazirovning hisobotida batafsil tanishishingiz mumkin.

Batafsil: https://t.me/AANazirov/165


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing