Abdulaziz Komilov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abdulaziz Komilov Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan yangi lavozimga tayinlandi. 

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimini egallagan. 

Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov 1947 yilda tug‘ilgan. Hozirda u 74 yoshda. U 2012 yildan 2022 yil apreligacha Tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritdi. Joriy yilning 27 aprel kuni Prezidentning tegishli farmoni bilan Komilov Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdulaziz Komilov so‘nggi bor Tashqi ishlar vaziri sifatida joriy yilning 17 mart kuni Senat yalpi majlisida ko‘rinish bergan edi. Unda vazir rasmiy Toshkent o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respsblikasi va Lugansk xalq respublikasini tan olmasligi, Ukrainaning hududiy yaxlitligini esa qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Shundan so‘ng, u hech qayerda ko‘rinish bermadi. Oy oxirlariga kelib esa, Komilovning xorijda davolanayotgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

592

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing