Abdulaziz Komilov Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketdi
Jamiyat
−
27 aprel 2022
35803O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Hafizovich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Vladimir Imamovich Norov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Bobur Masudovich Usmanov esa Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatibo‘tamiz, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov salomatligi bilan bog‘liq muammo tufayli xorijda davolanayotgan edi. Ayni vaqtdagi sog‘lig‘i haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov 1947 yilda tug‘ilgan. Hozirda u 74 yoshda. U 2012 yildan beri Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab keladi.
Abdulaziz Komilov so‘nggi bor joriy yilning 17 mart kuni Senat yalpi majlisida ko‘rinish bergan edi. Unda vazir rasmiy Toshkent o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respsblikasi va Lugansk xalq respublikasini tan olmasligi, Ukrainaning hududiy yaxlitligini esa qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Shundan so‘ng, u hech qayerda ko‘rinish bermadi. Oy oxirlariga kelib esa, Komilovning xorijda davolanayotgani xabar qilindi.
LiveBarchasi