Abdulaziz Komilov Xitoyga boradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 11-12-may O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo” ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif bilan boradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur tadbirda, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.

“Vazirlar uchrashuvi chog‘ida o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklari bog‘liqligiga ko‘maklashish va uzluksiz savdoga keng yo‘l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Tashrif davomida vazir Komilov Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi va “Ipak yo‘li” 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq so‘zlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Xitoy Komilov

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing