Abduqodir Toshqulov vazir lavozimiga tayinlanishi kutilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov tayinlanishi kutilyapti. 

Bugun, 14 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari nomzodni ko‘rib chiqib, ma’qulladilar. Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Toshqulov  bugungacha Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi. U shuningdek, Senat a’zosi ham hisoblanadi.

Avvalroq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov lavozimidan ozod qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo vazirlik bu ma’lumotni tasdiqlamagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing