Abduqodir Toshqulov Senat tarkibidan chiqarildi
Jamiyat
−
05 fevral 2021
7192Bugun, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, majlisda tayinlanganiga ko‘p bo‘lmagan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tarkibidan chiqarish to‘g‘risida ham tegishli qaror qabul qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili etib tasdiqlangan Feruza Farxodovna Eshmatova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tarkibidan chiqarilgan.
LiveBarchasi