Abduqodir Husanov PSJga qarshi o‘yinda assist qayd etdi (video)
Sport
−
23 dekabr 2024 14037 1 daqiqa
Bugun, 23 dekabrga o‘tar kechasi Fransiya kubogi doirasida “Lans” o‘z uyida PSJni mehmon qildi va asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilib, penaltilar seriyasida parijliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi hamda keyingi bosqichga yo‘l oldi.
E’tiborlisi, ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 66-daqiqada assist amalga oshirdi. Aniqrog‘i, burchakdan yetkazib berilgan to‘pga Husanov zarba yo‘lladi, to‘p yo‘l-yo‘lakay Nzolaga tegib, darvozadan joy oldi.
90+6-daqiqada Husanov qoshi yorilgani sabab zaxiraga olindi. Garchi “Lans” turnir bilan xayrlashgan bo‘lsa ham, uchrashuvda 20 yoshli Husanovning xatti-harakatlari ko‘plab xorijiy OAV tomonidan yuqori baholandi.
Ma’lumot o‘rnida, markaziy himoyachi klub bilan 2023 yilda shartnoma imzolagan. Futbolchi joriy mavsumda “Lans” tarkibida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Live
Barchasi