Abduqodir Husanov Golden Boy sovrini da’vogarlari qatoriga kiritildi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Golden Boy-2024 da’vogarlari ro‘yxatidan joy oldi.

Hozirda Husanov ushbu ro‘yxatda 73-o‘rinni egallab turibdi. Himoyachi 61,4 ochkoga ega.

20 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” jamoasida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatmoqda. U Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ham ishonchli o‘yin ko‘rsatdi.

Ro‘yxatda 1-o‘rinni “Barselona”da to‘p surayotgan ispaniyalik 16 yoshli Lamin Yamal egalladi. Uning hisobida 91,9 ochko mavjud. Kuchli uchlikdan “Benfika” a’zosi Juan Nevish va “Man Yunayted” futbolchisi Alexandro Garnacho o‘rin olgan.

Qayd etish joiz, Golden Boy sovrini uchun ro‘yxatga Yevropada to‘p tepayotgan 21 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar eng yaxshi futbolchi kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Abduqodir Husanov Lans Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing